BIOLOGIK SUZGICH

BIOLOGIK SUZGICH, biologik filtr— oqindi suvlar (mas, korXonalardan chiqadigan iflos suvlar)ni biologik jihatdan (mikroorganizmlar vositasida) tozalash uchun moʻljallangan inshoot: ichiga yirik suzuvchi (filtrlovchi) material (shlak, shagal, keramzit va b.) toʻldirilgan qoʻsh tubli idish. Oqindi suv suzuvchi material orqali oʻtib, uning sirtida suv tarkibidagi organik moddalarni yemiruvchi mikroorganizmlardan iborat parda hosil qiladi. Oqindi suvlardagi mexanik zarralar (tosh, qum, metall parchalari) idish tubiga yaoʻkib qolaveradi.

Prev Article

BIOLOGIK REGRESS

Next Article

BIOLOGIK HIMOYA USULI