BISKVIT

BISKVIT (frans. biscuit) —1) qandolatchilik mahsuloti; un, yogʻ, shakar, tuxum, sut va b. masalliqlardan kuvlash yoʻli bilan tayyorlanadigan pishiriqturi. Maxsus shakllardagi qolip idishlarda pishiriladi. Tayyorlash usuli va qoʻshiladigan masalligʻiga koʻra choʻzma Biskvit, shakarli Biskvit, koʻpchitilgan Biskvit hamda smetanali Biskvit kabi turlari bor. B. dan pirojniy, rulet va tortlar tayyorlanadi; 2) sirlanmagan chinni; haykaltaroshlikda ishlatiladi.

Prev Article

BISKAY QOʻLTIGʻI

Next Article

BISMARK