BISSEKTRISA

BISSEKTRISA (lot. bis — ikki marta va secare — kesish, kesuvchi) — biror burchak uchidan chiquvchi va uni teng ikkiga boʻluvchi nur (toʻgʻri chiziq). Burchakningsimmetriya oʻqi hisoblanadi. Mac, uchburchak B. si uning ichki burchagidan shu burchak qarshisida yotgan tomon bilan kesishish nuktasigacha tushgan kesma. Uchburchak ichki burchaklarining uchala Bissektrisasi bir umumiy nuqtada kesishadi, bu nuqta uchburchak ichiga chiziladigan aylananing markazi boʻladi.

Prev Article

BISMUTIT

Next Article

BISTOMIY