Knowledge Base
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

BIVALENTLAR

BIVALENTLAR (lot. bis — ikki marta va valens, valentis — kuchli) — meyozda yadroning boʻlinishi tufayli hosil boʻlib, oʻzaro chalkashgan (konyugatsiyalangan) gomologik xromosomalar jufti. Bivalentlar xromosomalar orasida hosil boʻlgan Xsimon figuralar — xiazmalar xromosomalar kompleksini tutib turadi. Ana shu holatda xromosomalar oʻrtasida irsiy materiallar almashinuvi roʻy beradi. Odatda Bivalentlar soni xromosomalarning gaploid soniga teng boʻladi.

Prev Article

BIVA

Next Article

BIGARADIYA