BIYA — Oltoy oʻlkasidagi daryo, Ob daryosining eng yirik oʻng irmogʻi; Teles koʻlidan boshlanadi. Uz. 301 km, havzasining mayd. 37 ming km2. B. ning yuqori qismi togʻlar orasidan, oʻrta qismi sertepa yerlardan, quyi qismi Lebed (oʻng) irmogʻi quyilgach, keng vodiydan oqadi. Biya koʻproq qor va yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha yillik suv sarfi Biysk sh. yonida 477 m3/sek. Noyab. dan apr. gacha muzlaydi. Biya quyilish joyidan 225 km masofada kema qatnaydi. Yogʻoch oqiziladi.