BLASTOPOR

BLASTOPOR (blasto… va yun. poros — teshik) , birlamchi ogʻiz, gastropor — koʻpchilik koʻp hujayrali hayvonlarning embrionida gastrulaning atrof muhit b-n aloqasini taʼminlaydigan teshikcha. Rivojlanish jarayonida baʼzi hayvonlar (birlamchi ogʻizlilar)da Blastopor ogʻizga aylanadi yoki ogʻiz hamda anal teshikni hosil qiladi, ikkilamchi ogʻizlilarda Blastopor oʻrnida orqa chiqaruv teshigi yoki hazm qilish boʻshligʻini nerv nayi boʻshligʻi b-n tutashtirib turadigan nervichak nayi hosil boʻladi.

Prev Article

BLASTOMERLAR

Next Article

BLASTOTSISTA