BLERIOLUI (1872. 1.7, Kambre 1936. 1.8, Parij) — fransuz aviakonstruktori, muhandisi. Aviatsiya qaldirgʻochlaridan biri. 1900-y. danoq planerlar va ornitopter (qanot «qoquvchi» uchish apparati)lar, 1906-y. dan samolyotlarni qura boshlagan. Oʻzi 1908-y. da samolyotda 14 km masofaga parvoz qilgan, 1909-y. da LaMansh ustidan uchib oʻtgan. Bleriolui yaratgan samolyotlar keyinchalik aviatsiyada keng tarqalgan.