BLIDA

BLIDAJazoir shim. dagi shahar. Blida viloyatining maʼmuriy markazi. Aholisi 171 ming kishidan ziyod. T. y. va avtomobil yoʻllari tuguni. Muhim savdo markazi. Oziq-ovqat (un tortish, konserva, vinochilik), kimyo, poligrafiya sanoati korxonalari va aerodrom bor; zaytun moyi va xushboʻy dorivorlar ishlab chiqariladi. Sitrus mevalari yetishtiriladigan r-n markazi. Uncha katta boʻlmagan toʻqimachilik fkalari bor. 16-a. da tashkil etilgan.

Prev Article

BLEFARIT

Next Article

BLINKKOMPARATOR