BLONDEL

BLONDEL Fransua (1618.15.7, Ribemon, Pikardiya — 1686.21.1, Parij) — fransuz meʼmori, klassitsizm namoyandasi, nazariyotchi meʼmor. Qirollikdagi meʼmorlik akademiyasi direktori (1671-y. dan). Italiyaning Qad. va Uygʻonish davri meʼmorligi taʼsirida binolar barpo etgan (Parijdagi SenDen darvozasi, 1672 va b.), shahar va qoʻrgʻonlar loyihasini yaratgan. «Meʼmorlik kursi» asarini yozgan (1675—83).

Prev Article

BLOMBERGEN

Next Article

BLOX