BOʻGʻIN, generatsiya (b iol. da) — umumiy ajdodlarga nisbatan bir xil qarindoshlik darajasiga ega boʻlgan bitta populyatsiyadagi individlar guruhi (mas, odamlarda otaonasi, bolalari, nevaralari 3 ta ketmaket kelayotgan Boʻgʻindan iborat). Boʻgʻin tushunchasi yil davomida bir vaqtning oʻzida rivojlanib chiqadigan individlarga nisbatan qoʻllaniladi. Mac, 2 yoki 3 B. li (bir mavsumda tur 2 yoki 3-marta bolalaganida); bir yillik, ikki yillik, koʻp yillik Boʻgʻin (bitta Boʻgʻinning rivojlanishi 1,2 yoki koʻp yil davom etganida) boʻlishi mumkin. Boʻgʻinning hayot kechirish muddatlari ham bir turning muayyan individlari va ular yashaydigan sharoiti (iklimi) ga moye holda juda keng chegarada oʻzgaradi. Mac, bir hujayralilarda bir necha soatda, koʻp hujayralilarda hatto yuz yillab davom etadi.