BOʻGʻIZ — 1) odam va quruqlikda yashaydigan umurtqali hayvonlar nafas aʼzolarining burun boʻshligʻidan keyingi qismi; ovoz chiqarish aʼzosi (q. Hiqipdoq). Boʻgʻiz nafas olish va tovushning ravon chiqishini taʼminlaydi;
2) pichoqning tigʻi bilan dastasi birikkan, gulband qoʻyilgan joyi. Baʼzi joylarda manak ham deyiladi;
3) koʻza, qumgʻon, choydish, oftoba va shunga oʻxshash idishlarning qorindan yuqori ingichka qismi;
4) oʻroq yuzi bilan dastasi oraligʻi; 5) ketmonning girvoni;
6) oʻsimlik tanasining ildizga tutashgan joyi.