BOKS

BOKS (ing. box — mushtlash, zarb) — sport turi, ikki raqibning sirti charm, ichi yumshoq qoplamali qoʻlqoplarda qoida asosida yakkamayakka mushtlashish musobaqasi. Boks tarixi mil. av. davrda Misr va Bobilda uyushtirilgan yakkamayakka mushtlashish musobaqalariga borib taqaladi. Yunoniston qad. Olimpiya oʻyinlari dasturida ham shunday musobaqalar boʻlgan. Zamonaviy Boks vatani Angliyadir (16—17-a. lar). Boksning dastlabki qoidalari shu mamlakatda qabul qilingan (1867). Xalqaro havaskor bokschilar assotsiatsiyasiga (AIBA; 1946-y. asos solingan) 160 mamlakat aʼzo (1999). Boks 1904-y. dan Olimpiya oʻyinlari dasturiga kiritilgan, 1974-y. dan jahon chempionati, 1979-y. dan jahon kubogi musobaqalari oʻtkazib kelinadi.

Boks musobaqasi arqonlar bilan oʻralgan 6×6 m oʻlchamli ring (supa)da oʻtkaziladi. Boks chilar ogʻirligi 270 g (10 unsiya) qoʻlqoplardan foydalanishadi. Musobaqa 2 min. (daqiqa)dan 4 raund (boʻlim) davom etadi. Raundlar orasida 1 daqiqadan tanaffus beriladi. Musobaqa vaktida raqib yiqilganda, hakam kurashni toʻxtatgandan keyin, shuningdek beldan pastga, boshtananing orqa qismiga zarb berish mumkin emas. Ringdagi hakam (referi) musobaqani boshqaradi, ring atrofidagi 5 nafar hakam berilgan aniq zarblarni hisoblab boradi. Natijada koʻp ochko (xol) toʻplagan Boks chi gʻolib deb topiladi. Zarb taʼsirida garangsiragan (nokdaun) holatga tushgan Boks chining oʻziga kelishi uchun referi kurashni vaqtincha toʻxtatadi va hisob ochadi. 10 srch. (soniya) vaqt ichida u kurashga tayyor ekanini bildirmasa referi uni nokaut boʻlgan (yengilgan) deb hisoblaydi. Tomonlardan biri raqibini nokaut qilsa, ochkolar farqini 15 taga yetkazsa, shuningdek bir tomon yengil ganini tan olsa (murabbiyi arqonga sochiqtashlasa), referi tomonidan chetlatilsa, zarb taʼsirida tanasining jarohatlangan joyidan qon okishi kamaymasa (tibbiyot xodimi xulosasiga koʻra) kurash muddatidan oddin toʻxtatiladi va ikkinchi tomon gʻolib sanaladi.

Xalqaro Boks musobaqalari 12 vazn toifasida (48, 51, 54, 57, 60, 63,5, 67, 71, 75, 81, 91 kg gacha va 91 kg dan yuqori) tashkil etiladi. Asosiy musobaqalarga 18 yoshga toʻlganlar qoʻyiladi. 16—17 va 14—15 yoshlilar oʻrtasida ham musobaqalar uyushtiriladi. Shuningdek, ayrim federatsiyalar Boksni ommalashtirish maqsadida oʻsmiroʻspirinlar oʻrtasida 12 tadan koʻproq vazn toifasida ham musobaqalar oʻtkazishadi. Oʻzbekistonda zamonaviy Boks 20-a. ning 20-y. laridan ommalashdi. Ilk Boks musobaqasi 1922-y. Toshkentdagi «Fortuna» sport jamiyatida oʻtkazilgan. Uni S. L. Jakson uyushtirgan. Bu murabbiy yuzlab Boks chilarni tarbiyaladi.

Oʻzbekistonda keyingi yillarda shaxsan Prezident Islom Karimovning sportga qaratgan eʼtibori natijasida Boks jadal rivojlanmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi B. federatsiyasi 1993-y. dan AIBA aʼzosi. Mamlakatda 4 olimpiya oʻrinbosarlari bilim yurti va oʻnlab bolalaroʻsmirlar sport maktabida yoshlarga Boks sirlari oʻrgatilmoqda. 20 dan ziyod zamonaviy Boks zallari shugʻullanuvchilar ixtiyorida. Boks milliy terma jamoasi 1999-y. jahon chempionatida faxrli 3oʻrinni egalladi. Uzbekistonning R. Risqiyev, ʼ. Shin, N. Anfimov, G. Ilyosov, M. Abdullayev, Oʻ. Xaydarov, R. Chagayev, T. Toʻlyakov, L. Zokirov, N. Otayev, T. Turgʻunov, H. Ahmedov, K. Toʻlaganov, R. Saidov, S. Mixaylov, D. Yorbekov, DAvezboyev kabi Boks chilari katta yutuklarga erishgan.

Jahonda professional Boks chilar (B. ni kasbga aylantirganlar) oʻrtasida toʻrtta yoʻnalish boʻyicha musobaqalar utkaziladi. Ularni jahon Boks kengashi (WBC), jahon Boks assotsiatsiyasi (WBA), xalqaro Boks federatsiyasi (IBF) va jahon Boks tashkiloti (WBO) uyushtiradi. Professional Boksda qoʻlqoplar birmuncha yengil — taxm. 227 g (8 unsiya), raundlar soni 6, 8, 10, 12 ta boʻladi. Har bir raund 3 daqiqadan. Musobaqalar 17 vazn toifasida (47,627; 48,988; 50,802; 52,163; 53,524; 55,338; 57,153; 58,967; 61,235; 63,503; 66,678; 69,853; 72.575; 76,203; 79,379; 88,450 kg gacha va 88,450 kg. dan yuqori) tashkil etiladi. U. Pep, S. Liston, MuhammadA/sh, J. Formen, M. Tayson, E. Xolifild (AQSH), L. Lyuis (Buyuk Britaniya) kabi professional Boks chilarning nomlari mashhur.

Mustaqillik yillarida Oʻzbekistonda ham ilk professional Boks chilar yetishib chikdi: toshkentlik Boks chi A. Grigoryan oʻz vazn toifasida 13-marta jahon chempioni boʻldi (2000 i.).

Prev Article

BOKIY

Next Article

BOKS