BOLISH

BOLISH (oʻlchovshunoslikda) — 1) moʻgʻullar va qisman turklar orasida (13—14 a. lar) muomalada boʻlgan tilla va kumush pul. Baʼzi manbalarda 75 dinorta, baʼzilarida 300 dinorga teng deb koʻrsatiladi. Vazni 150—600 misqol boʻlgan;

2) moʻgʻullar davlatida pul birligi oʻrnida yurgan oltin yoki kumush yombi. Chigʻatoyxon davrida (13-a.) 1 b. 300 dinorga, baʼzi hollarda 500 misqolga teng boʻlgan (Mirzo Ulugʻbek, «Toʻrt ulus tarixi», T., 1994, 3526.).

Prev Article

BOLINPOʻSh

Next Article

BOLLS ASBOBI