BORSAKELMAS QOʻRIQXONASI — Orol dengizining Borsakelmas o. dagi qoʻriqxona. Qozogʻiston Respublikasi Qiziloʻrda viloyatida. 1939-y. da tashkil etilgan. Mayd. 20 ming ga. Saksovulzorlar va yulgʻunzorlar bor. Orolda saygʻoq, jayran kadimdan yashab kelgan, lekin koʻplab ovlanishi natijasida qirilib ketgan. 1939—50 y. larda Borsakelmas qoʻriqxonasiga Betpakdala va Sarisuv atroflaridan erkak va urgʻochi saygʻoqlar, 1950-y. da Qoraqalpogʻistondan jayranlar, 1953-y. da Bodxiz qoʻriqxonasi (Turkmaniston) dan qulonlar keltirilgan. Hayvonlar orol sharoitiga moslashib, koʻpayib bormoqda. Borsakelmas qoʻriqxonasi tashkil etilgandan boshlab, saygʻoq, jayran, qulon, qirgʻovul va b. ning ekologik sharoitlarini oʻrganish va ularni koʻpaytirish sohasida tadqiqotlar olib boriladi.