BORT

BORT, kema borti (nem. bord) — 1) kema tanasi (korpusi) ning yon devorlarini hosil qiladigan qismlari va qoplamasi majmui. Kema quyrugʻidan tumshugʻiga tomon qaraladigan boʻlsa, chap tomondagi Bort chap (bakbort), oʻng tomondagi Bort oʻng (shtirbort) Bort deb ataladi. Kemaning yuk koʻtaruvchanligi Bort balandligiga bogʻliq boʻladi. Bortning suvdan chiqib turadigan qismi balandligi kemaning suzuvchanlik zaxirasini belgilaydi; kemaning ogʻish burchagi katta boʻlgan hollarda u kemaning turgʻunligiga va tananing boʻylama mustahkamligiga ham taʼsir qiladi. Kemaning oʻrta qismida Bort, odatda, tik (vertikal) qilib, baʼzan, tashqari tomonga, muzyorar kema va b. baʼzi xil kemalarda ichkari tomonga qiya qilib yasaladi;

2) kosmik kema, samolyotning ichi;

3) avtomobil kuzovi; 4) bilyard stolining yon devori.

Prev Article

BORT