BOSH

BOSH (Bosch) Karl (1874.27.8 1940.26.4) — nemis kimyogartexnologi. Leypsig untida oʻqigan. 1935-y. dan «I. G. Farbenindustri» konserni z-dlarining bosh direktori. Bosh rahbarligida temir katalizatorligida ammiak i. ch. korxonasi ishga tushirilgan. Bosh ammiakli koloniyalarning yuqori bosimda portlash sabablarini aniqlagan. Uglerod qoʻsh oksid va ammiakdan siydikchil (mochevina) olishni yoʻlga qoʻygan (1913). 1-jahon urushi vaqtida sintetik gazolin i. ch. usulini ishlab chiqqan. Germaniyada boʻyoklar i. ch. sanoatining asoschilaridan boʻlgan. Nobel mukofoti laureati (1931, F. Bergus bilan hamkorlikda).

Prev Article

BOSMAN

Next Article

BOSH BARMOQ