BOSHQARUV

BOSHQARUV (grammatikada) — sintaktik aloqa turi. Bunda tobe soʻz hokim soʻz talabiga koʻra muayyan grammatik shaklga kiradi va shu shakl orqali tobelanadi (tobe soʻz biror kelishik qoʻshimchasini oladi yoki koʻmakchi bilan birga keladi). Boshqaruvning ikki turi mavjud; kelishikli Boshqaruv (mas, mustaqillikka erishmoq, ishdan qaytmoq); koʻmakchili Boshqaruv (mas, qaychi bilan kesdi, inson uchun yaratmoq).