BOʻTA

BOʻTA — oltin, kumush, mis, rux, birinj (bronza) kabilarni eritish uchun ishlatiladigan qad. asbob; dumaloq kosacha. Oʻtga chidamli gilboʻta loyidan yasaladi. Zargar va rixtagarlar maʼdanlarni Boʻtada koʻraga solib eritganlar. 15-a. yozma manbalarida tilga olingan. Hozir Boʻta oʻrniga asosan tigel ishlatiladi.

Prev Article

BOʻSTONLIQ XAZINASI

Next Article

BOʻTQA