Knowledge Base
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

BOTURBOSHI

BOTURBOSHIQoʻqon xonligi shahar hokimi qaramogʻidagi qoʻshin boshligʻi. Boturboshi, shuningdek koʻchmanchi qabilalar bilan bogʻliq yumushlarni ham bajargan. Uning qoʻl ostidagi qoʻshin urushlar chogʻida xon lashkari tarkibida jang qilgan. 1842-y. Toshkentda Davronbek dodxoh, 1822—23 y. lari Toʻraqoʻrgʻonda Qoʻshyuz Boturboshi boʻlgan.

Prev Article

BOTUR XUNTAYJI

Next Article

BOTUXON