BOʻYAGICHLAR

BOʻYAGICHLAR, boʻyovchi sintetik moddalar, rang — har xil mate riallarni turli rangga boʻyash uchun sintez usulida olinadigan organik moddalar. Boʻyagichlarga rangeiz birikmalar ham kiradi. Bunday birikmalar boʻyaluvchi moddalarga singdirilgach, rang hosil qiladi. Boʻyagichlar ishlab chiqarish sanoati 1857-y. da movein i. ch. dan boshlangan. Boʻyagichlar borabora boʻyovchi tabiiy moddalarni sanoatdan deyarli siqib chiqardi. Alizarin, indigo singari tabiiy boʻyoqlar esa sintetik yoʻl bilan olina boshladi. Boʻyagichlardan movein, fuksin, texnik anilinni turli usullar bilan oksidlab olinganidan, ular «anilin boʻyoqlar» ham deyiladi. Hozir boʻyashda asosan Boʻyagichlardan foydalaniladi. Boʻyagichlar aromatik uglevodorodlar — benzol, naftalin, anilin, benzidindan olinadi. Rang va uning boʻyalmish materialda qaror topishi, rangning obhavo va b. tashqi taʼsirlarga chidamliligi boʻyovchi sintetik moddalar va boʻyalmish materialning kimyoviy xususiyatiga bogʻliq. Boʻyagichlar 2 tasnif boʻyicha belgilanadi. Kimyoviy tasnifda kimyoviy tuzilish va xususiyatlar oʻxshashligi (nitro, nitrozo, azo, arilmetan, indigoid Boʻyagichlar va h. k.), texnik tasnifda esa qanday maqsadda (gazlama B., moʻyna B., yogoch Boʻyagichlar va h. k.) va qay xilda (kislotali, asosli, sinovchi va b.) qoʻllanilishi asos qilib olinadi. Boʻyagichlarning 5000 dan ortiq turi ishlab chiqariladi.

Prev Article

BOʻSh ISH OʻRNI

Next Article

BOʻYAMA NAQSH