Knowledge Base
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

BOYAZID JALOYIR

BOYAZID JALOYIR (71361) Chigʻatoy ulusi beklaridan, jaloyir urugʻining begi. Xoʻjand mulki Boyazid Jaloyir tasarrufida edi. Amir Qazagʻon oʻldirilgandan (1358) keyingi gʻalayonli yillarda Amir Temur bilan goh raqobatda, goh kelishuvda boʻlgan. 1361-y. bahorida Moʻgʻuliston (Jeta) xoni Tugʻluq Temur tomonidan qatl qilingan. Amir Temurning xotinlaridan biri — Tuman ogʻoning onasi Orzumulk ogʻo Boyazid Jaloyirning qizi edi.

Prev Article

BOYAZID ANSORIY

Next Article

BOYAZID PURONIY