BRUTALIZM

BRUTALIZM, neobrutalizm (ing. brutal — dagʻal, qoʻpol) — Yevropa meʼmorligida 20-a. 3choragida yuzaga kelgan yoʻnalish. Meʼmorlik shakllarini dagʻal, nafosatsiz gavdalantirishga intilishdan iborat. Dastlab Buyuk Britaniyada (meʼmori A. va P. Smitsonlar), keyin Gʻarbiy Yevropa, AQSH va Yaponiyada tarqalgan. Brutalizm meʼmorlik massalarining iloji boricha sodda va dagʻal arxitektonikasini namoyon etadi. Ularning shiori qurilish materiallari (metall, temirbeton, alyuminiy, gʻisht, oyna va b.)ning tabiiy holatini qanday boʻlsa shundayligicha saqdab qolishdir.

Prev Article

BRUSNIKA

Next Article

BRUTTO