BUDINLAR — Skifiyapa yashagan koʻp sonli kuchmanchi qabilalarning umumiy nomi. Gerodotning yozishicha, Budinlar kuzlari moviy, sochlari malla kishilar bulib, sarmapыarga qoʻshni yerlarda hayot kechirganlar. Budinlar yerlarida yogochdan qurilgan harbiy istehkomlar koʻp boʻlgan, ular skiflarning Doro I ga qarshi urushlarida qatnashgan. Ilmiy adabiyotda Budinlar yashagan yerlar Sharqiy Yevropaning Dnepr daryosi bilan Volga daryosi oraligida deb koʻrsatiladi. Oʻrta Donda saqlanib qolgan mozorqoʻrgʻonlar Budinlarga tegishli boʻlishi mumkin. Budinlarning qaysi elatga mansub ekanligi aniqlanmagan. Tadqiqotchilardan ayrimlari ularni mordvalarga, baʼzilari esa slavyanlarga mansub desa, boshqalari fors qabilalaridan biri deb hisoblaydi.