BUGER (Bouguer), Buge Pyer (1698.16.2, LeKruzaik, Bretan—1758.15.8, Parij) — fransuz fizigi, Fransuz FA (Parij) aʼzosi (1731). Fotometriya asoschilaridan biri. Ilmiy ishlari optika, geodeziya va gidrografiyaga doyr. Buger dunyoda birinchi boʻlib yorugʻlik miqdori tushunchasini fanga kiritgan, muhitda yorugʻlikning kuchsizlanish qonunini ochgan (1729) (q. Buger — Lambert—Ber qonuni). Buger kemasozlik taraqqiyotida muhim boʻlgan navigatsiyaga doyr risolalar muallifi.