BUGʻLANISHNI OʻLCHAGICH — suv va tuproq sirtidagi bugʻlanishni oʻlchaydigan asbob. Maxsus idishdan iborat. Tuproq ustiga va suv sirtida suzib yuruvchi maxsus qurilma ustiga oʻrnatiladi. Kuzatish natijalarini hisoblashda Bugʻlanishni oʻlchagich ustiga tushadigan yogʻinsochin eʼtiborga olinadi. Bugʻlanish miqdori quyidagi suv balansi tenglamasi bilan hisoblanadi: bunda Ye — kuzatish muddatlari orasidagi bugʻlanish miqsori, mm; x — yogʻinsochin mikdori, mm; A, va h2 — bugʻlatuvchi idishdagi suvning kuzatish boshidagi va oxiridagi sathi, mm. Gidrometeorologiya st-yalarda ishlatiladi.