BURNASHEVA

BURNASHEVA Qamara (1920.8.3 Andijon — 2000.31.5) — Oʻzbekiston xalq artisti (1960). 1934-y. dan Y. Oxunboboyev nomidagi Andijon musiqali drama va komediya teatrida (1943-y. Samarqand teatrida) aktrisa. Mashhur rollari: Gulbahor, Tojixon («Boy ila xizmatchi», «Xolisxon»), Julyetta («Romeo va Julyetta»), Hafiza («Shohi soʻzana»), Katerina («Momaqaldiroq»), ShirinFarhod va Shirin»), Layli («Layli va Majnun»), Nurxon («Nurxon»), Farmonbibi («Kelinlar qoʻzgʻoloni»), Nodira («Nodira»), ShohsanamOshiq Gʻarib va Shohsanam») va b. B. serqirra aktrisa boʻlib, oʻtkir hajviy, lirik va murakkab psixologik rollar ustasi sifatida tanilgan.

Prev Article

BURMACHAP QABRISTONI

Next Article

BUROV