BUSIDO (yaponcha — «jangchining yoʻli») — yapon ashuyuylarining axloq kodeksi. Busido ulardan oʻz xoʻjayiniga sodiq boʻlishni, harbiy ishni samurayga munosib birdanbir kasb deb hisoblashni talab qiladi. Samuraylik shaʼniga dogʻ tushirgan jangchi oʻzinioʻzi oʻldirishi (xarakiri) shart.