Knowledge Base
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

BUTAFORIYA

BUTAFORIYA (ital. euttfuori — rej. yordamchisi) — 1) teatr tomoshalarida haqiqiy buyumlar oʻrnida qoʻllaniladigan (haykal, mebel, idish, taqinchoq kabi) yasama jihoz va asboblar. Butaforiya buyumlari arzon materialdan yasalib, ifodali va ishonarli boʻladi. Ammo har bir davr va har bir mamlakat B. si har xil boʻlgan;

2) koʻchma maʼnoda — yuzaki, sunʼiy, yasama degani.

Prev Article

BUTARA

Next Article

BUTASH