BUXORIY

BUXORIY, Imom al-Buxoriy (asl ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy) (810.21.7, Buxoro — 870.31.8, Samarqand yaqinidagi Xartang qishlogʻi) — islom olamining yirik mutafakkiri, buyuk muhaddis. Muhaddislar imomi, hadis ilmining sultoni deb ham yuritiladi.

Otasi Ismoil oʻz davrining yetuk muhaddislaridan, Molik ibn Alasning shogirdi va yaqinlaridan biri boʻlib, tijorat ishlari bilan shugʻullangan. Onasi taqvodor, diyonatli, oqila ayol edi. Otasi vafot etgach, uning tarbiyasi volidasi zimmasiga tushgan. U 5—6 yoshidan islomiy ilmlarni, Muhammad (sav) ning hadislarini oʻrganishga va yodlashga kirishadi. Taniqli muhaddislar — alDoxiliy, Muhammad ibn Salom alPoykandiy, Muhammad ibn Yusuf alPoykandiy, Abdulloh ibn Muhammad alMasnadiy va b. dan saboq olgan. Azaddan muhaddislar safarga chiChishdan oldin oʻz yurtidagi roviylardan birorta ham hadis qoldirmasdan yozib olgan boʻlishi va shundan keyingina boshqa shahar yoki mamlakatga safarga otlanishi mumkin edi. Buxoriy 16 yoshga yetguncha, oʻz yurtidagi mashoyixlardan hadis eshitib, yozib olib, xalifalikning turli viloyatlari tomon yoʻl oladi. 825-y. B. onasi va akasi Ahmad bilan Makkaga kelib, haj ibodatini ado etadi. Onasi va akasini Buxoroga qaytarib, oʻzi Makkada qoladi. Bu yerda faoliyat koʻrsatayotgan mashoyixlarning ilmiy yigʻinida qatnashadi. 827-y. Madinaga boradi. Madinadagi mashhur ulamolardan Ibrohim ibn alMunzir, Mutrif ibn Abdulloh, Ibrohim ibn Hamza va b. bilan muloqotda boʻlib, ulardan hadislar boʻyicha saboq oladi. Bu vaqtda Rasulullohning sahobalari, sahobalarning izdoshlari turli mamlakatga tarqab ketgan edilar. Shunday sharoitda Muhammad(as)ning hadislarini toʻplash turli shahar va mamlakatlarga borishni taqozo qilar edi. Bir necha tarixchilarning taʼkidlashicha, B. Hijoz, Makka, Madina, Toif, Jiddaga qilgan rihlati 6 y. davom etgan. Soʻng Basra, Kufa va Bagʻdodga safar qiladi. Shom va Misrga oʻtadi. Bundan tashqari Xuroson, Marv, Balx, Hirot, Nishopur, Ray, Jibol kabi shaharlarda boʻlib, bu shaharlardagi olimlardan saboq oldi va hadislar toʻpladi. Xorijiy yurtlardagi safardan keyin Buxoroga qaytgach, hadis ilmini targʻib etishga kirishadi. Ul zotning bu saʼyu koʻshishlari bu vaqtda Buxoroda hukmdorlik qilgan Holid ibn Ahmad azZuhliyta xush kelmaydi. Shu sababli B. Buxoroni tark etib, Poykendga, keyin esa Samarqand yaqinidagi Xartang qishlogʻiga kelib yashashga majbur boʻladi va shu yerda vafot etadi.

Buxoriy butun faoliyati davomida ilm kishilarini maʼnaviy va moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlagan. Tijorat kilganda topgan daromadidan oyiga besh yuz dirhamdan faqiru miskinlarga, ilm toliblariga sarflagan. Shaxsiy hayotida ortiqcha dabdaba va sarfxarajatlarga yoʻl qoʻymagan.

Buxoriy umr boʻyi hadislarni toʻplash va tizimga solish bilan shugʻullangan, ularni sahih (toʻgʻri, ishonchli) va gʻayri sahih (xato, zaif)ga ajratgan. Bu ishni hadis roviylarining maishiy hayotlari, yashash joylari, tugʻilgan va vafot etgan sanalari, bir-birlari bilan qilgan oʻzaro muloqotlarini oʻrganish bilan bogʻliq holda olib borgan. Buxoriy jami 600 mingga yaqin hadis toʻplagan boʻlib, shundan 100 ming «sahih» va 200 ming «gʻayri sahih» hadisni yoddan bilgan. Buxoriy oʻzining noyob qobiliyati, iqtidori, quvvai hofizasining oʻta kuchliligi bilan ilm ahllarini lol qoldirgan. Hadis ilmiga oʻta fidoyilik, aqlzakovatini baxshida etish Buxoriyga shonsharaf keltirdi, uni islom dunyosining eng buyuk allomalaridan biri sifatida tanitdi.

Buxoriy 20 dan ortiq kitob tasnif etgan. Ulardan ayrimlari bizgacha yetib kelgan. Buxoriyning «AlJomiʼ assahih» («Ishonchli toʻplam») deb nomlangan 4 jild (juz) dan iborat hadislar toʻplami islom olamidagi boshqa muhaddislar tuzgan hadis toʻplamlari orasida eng ishonarli va mukammalidir. Asar bir qancha xorijiy tillarga tarjima qilingan. Shu jumladan oʻzbek tiliga ham tarjima qilinib, 1991—96 ylarda 4 jildda nashr etildi (yana q. «Sahihi Buxoriy»).

Buxoriy yaratgan «AlAdab almufrad» («Adab durdonalari») asari katta tarbiyaviy ahamiyatga molik benazir toʻplamdir. 1322 hadis va xabar jamlangan bu asar Turkiya va Misrda bir necha marta chop etilgan. Uning oʻzbekcha tarjimasi 1990-y. Toshkentda nashr qilingan. Roviylarning kunyalariga bagʻishlangan «Kitob alkuna» («Kunyalar haqida kitob») 1940-y. Hindistonda chop etilgan. Buxoriyning «AtTaʼrix alkabiyr» («Katta tarix») kitobi esa Turkiyada 9 jildda nashr qilingan. Asar qoʻlyozmasining baʼzi qismlari Haydarobod kutubxonasida saqlanadi. Shuningdek A«ttaʼrix assagʻiyr» («Kichik tarix») ham hadis tarixiga oid qimmatli asar hisoblanadi. Bu asar Hindiston va Qohirada chop etilgan. Buxoriy yaratgan «Kitob alfavoid» («Foydali ashyolar haqida kitob»), «AlJomiʼ alkabiyr» («Katta tayanch»), «Xalq afʼol alibod», («Alloh bandalari ishlarining tabiati»), «AlMusnad alkabiyr» («Katta tayanch»), «Attafsir alkabiyr» («Katta tafsir»), «Kitob alxiba» («Xayrehson haqida kitob») va b. asarlarning baʼzilari bizgacha yetib kelmagan, baʼzilari jahonning turli mamlakatlari kutubxonalarida saqlanayotganligi haqida maʼlumotlar bor. B. ning boshqa asarlari orasida «Tafsir alQurʼon» («Qurʼon tafsiri») kitobini ham alohida taʼkidlash kerak. Buxoriy asarlari musulmon dunyosining barcha Madrasa va dorilfununlarida paygʻambar (as) sunnatlari boʻyicha asosiy darslik, qoʻllanma hisoblanadi. Jamoat arboblari, olimu ulamolar va din peshvolari Buxoriy asarlariga tayanib ish tutadilar.

Istiqlol sharofati bilan Buxoriyning oʻlmas merosi elyurti bagʻriga qaytdi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining I«mom al-Buxoriy tavalludining hijriyqamariy taqvim boʻyicha 1225-yilligini nishonlash toʻgʻrisida»gi qarori (1997-y. 29 apr.) asosida Buxoriyning ilmiy merosini oʻrganish va targʻib qilish, xotirasini abadiylashtirish borasida katta ishlar qilindi. 1998 i. 23 okt. da Samarqandda yubiley toʻytantanalari boʻlib oʻtdi. Alloma abadiy qoʻnim topgan Chelak tumanidagi Xartang qishlogʻida ulkan yodgorlik majmui ochildi (q. Buxoriy yodgorlik majmui).

Buxoriyning boy maʼnaviy merosini chuqur oʻrganish va keng targʻib qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimovning tashabbusi bilan Imom al-Buxoriy xalqaro jamgʻarmasi tuzildi (1998-y. 4 noyab. ; raisi Zohidillo Munavvarov). Jamgʻarmaning asosiy vazifasi Qurʼoni karim va Buxoriyning «alJomiʼ assahih»i tarjimalarining akademik nashrlarini tayyorlash, buyuk islomshunoslar ilmiy merosini tadqiq etish, diniyfalsafiy mavzularda ilmiy anjumanlar oʻtkazish va shular yordamida yosh avlodni milliy anʼanalarimizga sadoqat ruhida tarbiyalashdan iborat. 2000-y. dan boshlab mazkur jamgʻarma oʻzining maʼnaviymaʼrifiy, ilmiyadabiy I«mom al-Buxoriy saboqlari» jur. ini nashr eta boshladi. Jur. xalqimizni milliymaʼnaviy merosimizdan bahramand etish, milliy, liniy qadriyatlarning sogʻlom idrok etilishiga yordam berishni uz oldiga maksad qilib qoʻygan. Oʻzbekistonda Buxoriyning xotirasi munosib tarzda abadiylashtirilgan. Toshkent Islom in-tiga Buxoriy nomi berilgan. Buxoriyning hayoti va ijodiga bagʻishlab bir necha tillarda kitobalbom, 2 qismli film (1995), «Hadis ilmining sultoni» 4 qismli kinoqissa (1998) yaratilgan.

As: Aladab almufrad (Adab durdonalari), T., 1990; Hadis [AlJomiʼ assahih], 1—4 j. lar (2nashri), T., 1997.

Ad.: Moziydan taralgan ziyo. Imom al-Buxoriy, T., 1998; Uvatov U., Imom al-Buxoriy, T., 1998; Madaminov S, Imom Buxoriy taʼrifi, T., 1996; Imom al-Buxoriy — muhaddislar sultoni [nashrga tayyorlovchilar Usmonhoji Temurxon oʻgʻli, Baxtiyor Nabixon ugli], T., 1998; Dushan Fayziy Zarafshoniy, Imom al-Buxoriy, T., 1998; Babaxanov Sh. Z., Velikiye muxaddisы o mire i drujbe mejdu narodami, T., 1998; Maʼnaviyat yulduzlari [2nashri], T., 2001.

Ubaydulla Uvatov.

Prev Article

BUXKINO

Next Article

BUXORIY Mirzo Shams