CHAKMON — ustki kiyim turi; erkaklarning oldi ochiq qishki toʻni. Jun matodan tikiladi. Barlari old etak qismiga qoʻshimcha trapetsiyasimon kiyiq qoʻshilishi hisobiga birbiriga ustmaust kirib turadi, uchburchak boʻyin oʻmiziga yoqa oʻrnatiladi, yeng uchi tomon torayib boradi. Chakmonning qoʻltiq osti (xishtak) qismi ochiq qoldirilgan. Chakmon ham toʻn kabi yoqa, bar, etak chetiga jiyaklar qoʻyib bezatilgan. Bahor, kuzda yaktak ustidan, sovuq oylarda paxtali toʻn, poʻstin ustidan kiyiladi. Xorazmda chap barlar oʻng bar ustini yopib turgan. Yaylovlarda hozir ham kundalik kiyim sifatida kiyiladi. Bu hududsa movut toʻnlar — ch a k moi, sholchakmon, yaktak singari astarsiz tikilgan. Jun mato ensiz boʻlgani sababli bitta Chakmonga 25 m gacha mato sarf qilingan. Ular, asosan, och jigarrang tuya junidan boʻlib, 2 andazali yoki 3 andazali bichiqsa tikilgan, yaʼni yon boʻlaktarzli yoki tarzlar qoʻshilmay tikilgan.
Samarkand—Buxoro muzofoti movut Chakmonlari, asosan, qoʻy juni matosidan tayyorlanganligi tufayli, sidirgʻa och sariqyoki qora tusli boʻlgan. Shol Ch. (tuya junidan tayyorlangan), movut Chakmon (fka movutidan tayyorlangan) lar qimmat sotilgan, asosan, oʻziga toʻq, boy aholi sotib olgan. Chakmon oddiy toʻnlar singari bichilgan, yaʼni 3 andazali toʻgʻri bichiqda boʻlib, barlar oldiga kiyiklar solingan. Jiyaklar bilan bezatilgan.
Fargʻona — Toshkent muzofotida qoʻy junidan toʻqilgan movut Chakmonlar — qoqma Chakmon deyilgan. Eng arzon movut Chakmonlar past navli aralash matolardan tikilgan (koʻk Chakmon). Qoryomgʻirlarda boʻkib qolmaslik uchun koʻpincha qaynoq suvga boʻktirilgan. Chakmon matosi toʻqilishiga qarab farqlangan. Asosan, koʻkish rangli boʻlgan, bichigʻi esa paxtali chopon, toʻnlar kabi 3 andazali toʻgʻri bichiqsa boʻlgan. Hoz. kunda Chakmonlar kundalik kiyimlar qatoridan joy olgan.
Ad.: Suxareva O. A., Kostyum narodov Sredney Azii, M., 1982; Traditsionnaya odejda narodov Sredney Azii i Kazaxstana, M., 1989.