Knowledge Base
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

CHALATISHLILAR

CHALATISHLILAR (Edentata) yoʻldoshli sut emizuvchilar turkumi. Uz. 12 sm dan 1,2 m gacha. Oddingi oyoqlarining 2 yoki 3 ta barmogʻi boshqalariga nisbatan yirikroq boʻlib, kuchli tirnoklari bor. Tishlarida emal va ildiz boʻlmaydi, doim oʻsib turadi; oziq va yirtqich tishlari rivojlanmagan (nomi shundan). Yoʻldoshi sodda, 3 oilasi (chumolixoʻrlar, yalqovlar, sovutlilar) bor. Jan., Markaziy va Shim. Amerikada tarqalgan. Yer ustida, daraxtlarda yashaydi. Oʻsimlik va hasharotlar bilan oziklanadi. Koʻpchilik turlarining goʻshti isteʼmol kilinadi.

Prev Article

CHALABUTALAR

Next Article

CHALAXORDALILAR