CHATQOL

CHATQOLQirgʻiziston Respublikasi Oʻsh viloyati va Oʻzbekiston Respublikasi Toshkent viloyatidagi daryo. Chorvoq suv ombori qurilgunga qadar Chirchiqning yirik irmogʻi boʻlgan. Uz. 217 km, havzasining mayd. 7110 km2. Talas Olatovining jan. garbiy yon bagʻridan Qoraqulja nomi bilan boshlanadi. Qoraqasmoq irmogʻi qoʻshilgach, Chatqol nomini oladi. Chorvoq suv omboriga quyiladi. Boshlanish qismida Chatqol chuqur va tor darada oqadi; Qorataka irmogʻi quyilgan joydan boshlab daryo vodiysi keskin kengayadi. Quyi qismida Chatqol bir necha terrasalari boʻlgan keng vodiyda chuqur oʻzanda oqadi.

Chatqol vodiysining yon bagʻirlari koʻp joylarda tik va baland togʻ yon bagʻirlaridan iborat, kalta irmoklar, jarliklar bilan parchalangan. Vodiysi keng joylarda yon bagʻirlari yotiqroq, bal. 8 — 40 m boʻlgan terrasalar hosil qilgan. Eni 200—300 m li qayirlarda daryo oʻzani bir necha mayda tarmoqlarga ajralib ketadi. Daryo havzasi baland togʻlarda joylashgan (oʻrtacha bal. 2605 m). Umumiy mayd. 51 km2 boʻlgan 119 kichik muzlik bor. Daryo qor va muzlik suvlaridan toʻyinadi. Chatqolning oʻrtacha yillik suv sarfi Ters daryosining quyilish joyida 67 m3/sek., Nazaytoʻqay qishlogʻi yonida 85 m3/sek., suv omboriga quyilish yerida 126 m3/sek., 1932—74 y. lardagi kuzatish maʼlumotlariga koʻra, daryoning quyilish kismida eng koʻp suv sarfi 920 m3/sek., eng kam suv sarfi esa 7,0 m3/sek. boʻlgan. Chatqol daryosida mart oyidan suv koʻpayadi, yanv. — fevralda kamayadi. Oʻrta hisobda yillik suv mikdorining 55% mart — iyunda, 30% iyul—sent. da va 15% okt. — fevral oylarida oqib oʻtadi. Daryo suvi uncha loyqa emas (oʻrta hisobda 460 g/m3). Daryo suvi tez oqqanligidan muzlamaydi. Lekin, shovush oqishi va qirgʻoq muzlashi mumkin. Chatqol suvidan ekin maydonlarini sugʻorishda foydalaniladi.

Prev Article

CHATEM