CHILPIQ — qad. inshoot qoldigʻi (6 — 7-a. lar). Nukus va Beruniy sh. lari (Qoraqalpogʻiston) oraligʻidagi Sulton Uvays togʻi qoyalari ustida joylashgan. Chilpiq aylana shaklida boʻlib, atrofi qalin paxsa devor bilan oʻralgan, bir tomoni kirish yoʻli sifatida ochiq qoldirilgan. Chilpiqning 6—8 m lik devori saklangan, ichki radiusi 12 m. Mahalliy aholi Ch. ning barpo etilishini afsonaviy devlar bilan bogʻlaydi. Chilpiq hududidan islomgacha boʻlgan qad. dafn marosimlariga xos yodgorliklar topilgan. Olimlar fikriga koʻra, Chilpiq otashparastlar jasadlarini keltirib qoʻyadigan maxsus daxma vazifasini oʻtagan.