CHIT

CHIT (sanskritcha chitras — olabula) — yengil ipgazlama. Qadimdan Sharq mamlakatlarida, shu jumladan, Oʻzbekiston hududida yogʻoch dastgohda paxta ipidan toʻqilgan. Hozir toʻquv stanoklarida toʻqiladigan dagal xom surp (mitkal) ni pardozlab (mayinlashtirib, ohorlab, gul bosib) olinadi. Sidirgʻa va gul bosilgan xillari boʻladi. Chitdan ayollar, bolalar va erkaklar koʻylaklari, koʻrpakoʻrpachalar, darpardalar va b. mahsulotlar tikiladi.

Prev Article

CHISTIKLAR

Next Article

CHITGARLIK