DAHA

DAHA — eshonlarning xonaqoxlarida boʻlib oʻtadigan oʻn kunlik toat-ibodat. Dahaning eng kattasi ramazon oyida oʻtgan. Muridlar (erkak va ayollar) eshon huzuriga kelib, Daha talab etgan vazifalarni bajarishgan, oʻz murshidlarining pand-nasihatlarini tinglab, undan yana «vird» (koʻrsatmalar) olib tarqalganlar. Tasavvuf taʼlimotida Dahaga oʻtirish xudo oldida tavba qilish, gu-noxlarni yuvish, xudoning rahmatiga erishish hisoblangan. Daha 3 davrga; ra-mazonning birinchi oʻn kunligi — «dahayi rahmat», ikkinchi oʻn kunligi — «dahayi magʻfirat», uchinchi oʻn kunligi — «dahayi itqun minannor»ga (Alloq roʻzadorlarning gunoxlarini kechirib, ularni doʻzax azobidan qutqaradi, degani) boʻlingan. Daha ramazondan boshqa baʼzi oylarda ham oʻtgan, ammo unga xo^lagan kishilar, koʻproq ayollar borgan. Taqvodorlar uchun xonaqoh ichida boʻzdan pashshaxonaga oʻxshagan boʻlmalar qurilgan. Dahaga oʻtirganlar uning ichiga kirib, roʻza tutib, kechgacha har xil duolar oʻqiganlar. Bu holat «eʼtikof» deb ham yuritiladi.

Prev Article

DAHA

Next Article

DAHANA