DAHA

DAHAqurt boqishda ipak qurtinnnt toʻrtinchi-beshinchi yoshini anglatuvchi davr. Ipak qurti D. si havoning haro-rati 23—24° va nisbiy namligi 65 — 70% boʻlganda 8—9 kunga choʻziladi. Har quti urugʻdan chiqqan qurtlar bu davrda 60—70 m2 joyni egallaydi. Kichik va katta Dahalar boʻladi. Kichik Daha ipak qurtlarining toʻrtinchi yoshga oʻtgan davri boʻlib, bunda pilla oʻraguncha beriladigan bargning 17% ini yeydi, ogʻirligi 5,5-marta, hajmi 3—4-marta ortadi. Katta Daha ipak qurtlarining be-shinchi yoshga oʻtgan davri boʻlib, bunda ular beriladigan bargning 75% ini yeydi, ogʻirligi 4—5-marta, hajmi 2,5 — 3-marta ortadi.

Prev Article

DAHA

Next Article

DAHANA