DAHANA

DAHANA — 1) daraning ogʻzi;

2) daryoning etagi;

3) koʻchaning kiraverish joyi;

4) boʻgʻoz;

5) ariq yoki kanal boshlangan joy, yaʼni toʻgʻon boshi, quloq; biron katta arikdan keladigan suvni taqsimlash uchun ariqning koʻndalangiga toʻsin (kunda) tashlanar, shu toʻsinning bir necha joyi kertib qoʻyilar edi. Ana shu kertik Dahana deyilgan. Har bir kertikdan chiqqan suv bir ariqdan oqqan.

Prev Article

DAHA

Next Article

DAHANAK