DAHANDAM

DAHANDAM, pudagich (fors.) — puflab dam beradigan naysimon asbob. Ikki xil boʻladi:

1) toʻgʻri Dahandam bilan koʻra (oʻchoq) alangasi yirikroq bezak buyumlariga, minerallarga puflanadi;

2) egri Dahandam b-n (bir tomoni qayrilgan boʻladi) nozik — koʻra alangasi eritib yuboradigan buyumlarga, mas, uzuk bandi, zirak kabilarga, minerallarning juda mayda kristallariga chiroq alangasi puflanadi (shuning uchun Qoʻqon, Margʻilonda chiroq dahandam deb ataladi). Issiqqa chidamli metalldan yasaladi. Dahandamdan metall buyumlarni kavsharlashda, togʻ jinslari yoki minerallar tarkibini oʻrganishda foydalaniladi.

Prev Article

DAHANASOY

Next Article

DAHBED