DAHBED

DAHBEDSamarqand viloyati Oqdaryo tumanidagi shaharcha (1978-y. dan). D. Miyonqolning sharqida, Okdaryoning chap sohilida joylashgan. Dahbed nomi fors. dax — oʻn, bed — tol dan deb talqin qilinadi. Dahbed yaqin t. y. stansiyasi — Zarafshondan 9 km. Aholisi 7400 kishi (2000). Paxta qabul qilish punkti, MTP, xususiy tikuvchilik korxonasi, mexanizatsiyalashgan koʻchma qurilish korxonasi bor. D. ni Katta Oʻzbekiston trakti kesib oʻtgan. Dahbedda tarixiy obidalardan Maxdumi Aʼzam majmuasi (16-a. ; 1996—98 y. larda taʼmirlangan) saqlangan. 2 umumiy taʼlim maktabi, Samarqand mexanika iqtisodiyot kolleji, kasb-hunar maktabi, 2 kutubxona, madaniyat markazi mavjud.

Prev Article

DAHANDAM

Next Article

DAHISTON MADANIYATI