DALOILXONA

DALOILXONA (arab, daloil — dalillar) — Oʻrta Osiyoning yirik shaharlaridagi diniy maktab. D. ga savodi chiqqan bolalargina qabul qilingan. Unda dastlab (taxm. 1—2 oy) bolalarga Qurʼonning ayrim sura va oyatlari, soʻngra asosiy kitob — «Daloil ulxayrot» yodlatilgan. Daloilxonada oʻqish muddati aniq belgilanmagan. Qobiliyatli, xotirasi kuchli talabalar kitobni 2—3 oy davomida yod olganlar. Uni tugatganlarning ayrimlari islom dinining targʻibotchisi boʻlishgan.

Prev Article

DALMATSIYA OROLLARI

Next Article

DALON