DANDI

DANDI — Buyuk Britaniyaning shim.-sharqidagi shahar, Shotlandiyada. Teysand r-nining maʼmuriy markazi. Aholisi 167 mingdan ziyod kishi (1990-y. lar oxiri). Shim. dengizning Fert-ofTey qoʻltigʻidagi port, t. y. tuguni. Jut sanoatining yirik markazi. Kemasozlik, elektrotexnika, toʻqimachilik mashinasozligi, soatsozlik, elektronika, poligrafiya, kimyo, oziq-ovqat sanoati va metall quyish korxonalari; un-t bor. 15 — 18-a. larga oid meʼmoriy yodgorliklari saqlangan.

Prev Article

DANDANAKON JANGI

Next Article

DANDON