DANILOVA Rimma Ivanovna

DANILOVA Rimma Ivanovna (1906.16.1, Saratov — 1984.5.10, Toshkent) — patanatom, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1961), tibbiyot fanlari d-ri (1951), prof. (1951). ToshTIni tugatgan (1936). 1950-y. dan Toshkent vrachlar malakasini oshirish in-ti patanatomiya kafedrasi mudiri. Sil kasalligida, kimyoviy moddalardan zaharlanganda, aterosklerozda ichki sekretsiya bezlaridagi morfologik oʻzgarishlarga oid i. t. ishlari olib borgan.

Prev Article

DANDON

Next Article

DANITOL