DANITOL

DANITOL — q. x. ekinlari zararkunandalarga qarshi qoʻllaniladigan insektitsid-akaritsid, sintetik piretroidlar guruhiga mansub. Danitol ekinlari asosiy zararkunandalardan himoya qilishda bir qator soʻruvchi qasharotlar (shira, tripe, oqqanot, qandala) va zararli kanalarga, soxta va chin qalqondorlarga hamda koʻsak qurtiga qarshi 1—2 l/ga meʼyorida sarflanadi. Bogʻlarda ham Danitol biryoʻla soʻruvchi va kemiruvchi zararkunandalarga qirgʻin keltiradi. Danitolning taʼsir etuvchi moddasi (fenpropatrin) ishlov berilgan gʻoʻza maydonlarida 25 kundan keyin parchalanib ketadi.

Prev Article

DANJUA

Next Article

DANIYA BOʻGʻOZLARI