DANIYA BOʻGʻOZLARI

DANIYA BOʻGʻOZLARI (Boltiq dengizi boʻgʻozlari) — Skandinaviya va Yutlandiya ya. o. lari orasidagi boʻgʻozlar. Kichik Belt, Katta Belt, Eresunn (Zund), Kattegat va Skagerrak boʻgozlarini oʻz ichiga oladi. Bu boʻgʻozlar eng tor joyining eni tegishlicha: 0,5 km; 3,7 km; 10,5 km; 60 km va 110 km. Daniya boʻgʻozlari Boltiq dengizini Shim. dengiz bilan bogʻlaydi.

Prev Article

DANIYA

Next Article

DANTE