DANUNIYLAR

DANUNIYLAR, danuna — Misr va Suriya hududiga mil. av. 13—12-a. larda kirib kelgan «dengiz xalqlari» dan biri, danaylar bilan aynan deb hisoblanadi. Misrdan 12-a. da surib chiqarilgan. D. Kichik Osiyoning jan.sharqida va Kipr o. da joylashganlar. Mil. av. 9-a. da Sharqiy Kilikiyada Danuniylar davlati boʻlgan. Turkiyadagi Qoratepa togʻidan (Jayhon daryosi boʻyida) 1946-y. da Danuniylar podshohi — Azitavaddning bitik toshi topilgan.

Prev Article

DANLAR

Next Article

DANUNIYLAR DAVLATI