DAQYONUS

DAQYONUS, Daqqiyunus — qad. Rim imperatori Diokletian (boshqa bir manbalarga koʻra Detsiy) ismini musulmon Sharqida keng tarqalgan rivoyatlar (xususan, «Asʼhobu Kahf») da sharqona atalishi. Markaziy Osiyoda arablar istilosiga qadar mavjud boʻlgan shahar xarobalari, tangalar va b. ni qad. ligini anglatish uchun «Daqyonusdan qolgan» degan ibora ishlatilgan. Xorazm viloyatida joylashgan bir qator qad. shaharlarga hozirgacha afsonaviy shoh — Daqqiyunus asos solgan deb nisbat berishadi.

Prev Article

DAYANXON

Next Article

DAQIQIY