DARBAND (fors, dar — eshik, dara; band — mustahkam, berk, tugun, toʻsiq) — 1) ikki togʻ orasidan, daradan oʻtgan yoʻl. Surxondaryo viloyatidagi Boʻzgalaxona darasi Darbandi ohanin (q. Darvozai ohanin) deb atalgan. Dogʻiston Respublikasidagi Darband sh. nomi ham Darband soʻzidan olingan;
2) eski adabiyotlarda: chegara, had, baʼzan qalʼa, chegaradagi istehkom.