DARYO HARBIY FLOTILIYASI

DARYO HARBIY FLOTILIYASIdaryo harbiy kemalari va daryo qirgʻogʻidagi maxsus harbiy qismlar birlashmasi. Vazifasi — dushmanning daryo kemalariga qarshi kurashda yoki jangda qirgʻoqdagi qoʻshinlarga yordamla-shish, xalq xoʻjaligi mulklari hamda harbiy yuklarni qoʻriklash, davlatning daryo chegarasini muhofaza qilish. Daryo harbiy flotiliyasi tarkibiga turli daryo harbiy qismlari: har xil qayiq va kemalar, zirhli katerlar, maxsus harbiy kemalar, dengiz, yer va havo artilleriya batareyasi va b. kiradi. Daryo harbiy flotiliyasi Rossiyada dastlab 18-a. da tuzilgan. 1733—34 y. larda tuzilgan Don flotiliyasi turk qoʻshinlariga qarshi jangda ishtirok etgan. 1771-y. tuzilgan Dunay harbiy flotiliyasi Izmail qalʼasini bosib olishda katta yordam qilgan. Azov, Kaspiy, Oq dengiz, Volga, Don, Amudaryo, Amur va b. harbiy flotiliyalari fuqarolar urushi davridagi janglarda ishtirok etganlar. Ikkinchi jahon urushi yillarida Daryo harbiy flotiliyasi Volga boʻylab Stalingrad va Don fronti qoʻshinlariga oziq-ovqat, kiyim-kechak, doridarmon va qurollar yetkazib turgan (yana q. Amudaryo harbiy flotiliyasi).

Prev Article

DARYO QISQICHBAQALARI

Next Article

DARYOLAR GIDROLOGIYASI