DARYO

DARYO — tabiiy oʻzanda doimiy yoki mavsumiy oqadigan va daryo havzasidagi yer usti va yer osti suvlari hisobiga toʻyinadigan suv oqimi. Daryolarni quruqlik gidrologiyasining darelar gidrologiyasi boʻlimi oʻrganadi.

Har bir Daryoning manbai va dengiz, koʻlga quyiladigan yoki boshqa Daryo bilan qoʻshilib ketadigan joyi — mansabi boʻladi. Manba suvayirgʻichga yaqin joylashgan boʻladi.

Bevosita okean, dengiz, koʻlga quyiladigan yoki qumga singib ketadigan Daryo bosh D. hisoblanadi, bosh Daryoga kuyiladigan Daryo — irmoq deb ataladi. Bosh Daryo barcha irmoklari bilan birga daryo sistemasini hosil qiladi. Daryolar koʻpincha koʻl, botqoklik, buloq va muzliklardan boshlanadi. Mac, Oʻrta Osiyodagi Panj, Vaxsh, Zarafshon va Norin kabi Daryolar muzliklardan, RFdagi Neva, Svir, Angara singari Daryolar koʻllardan, Belorussiya, Ukraina, Gʻarbiy Sibirdagi aksariyat Daryolar botqokliklardan boshlanadi. Quruq va issiq iqlimli oʻlkalardagi Daryolar koʻpincha suvi bugʻlanib va qumga singib tugaydi yoki hamma suvi sugʻorishga sarf boʻladi, jumladan Oʻrta Osiyodagi Daryo larning ayrimlari maʼlum bir joyga quyilmasdan tugab qoladi (Zarafshon, Qashqadaryo, Chu va Turkmanistondagi Daryolar). Daryo sistemasi oʻzining suvini yigʻib oladigan quruqlik yuzasi suv yigʻiladigan maydon deb ataladi. Yer sirtining Daryo sistemasi joylashgan va b. suvayirgʻichlar bilan chegaralangan qismi Daryo havzasi deyiladi (q. Daryo havzasi).

Oʻzbekistondagi Daryolar, asosan, togʻlardagi qor va muzliklardan hamda yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Oʻzbekiston hududini kesib oʻtuvchi eng katta suv arteriyalari boʻlmish Sirdaryo va Amudaryo qamda ularning irmoqlari Oʻzbekistondan tashqarida boshlanadi. Oʻzbekistonning yirik Daryo lari: Norin, Qoradaryo, Soʻx, Chirchiq, Zarafshon, Surxondaryo, Qashqadaryo, Sheroboddaryo. Ularning koʻpchiligi faqat oʻrta va quyi oqimida Oʻzbekistan hududidan oʻtadi (jadvalga qarang).

Oʻzbekistondagi va Oʻzbekiston hududini kesib oʻtuvchi daryolarning asosiy gidrologik koʻrsatkichlari Daryo va soylar Umumiy uzunligi (km) Amudaryo 1415 Dashnoboddaryo 58 Jarsoy (Qashqadaryo irmogʻi)64 Jinnidaryo 52 Zarafshon 877 Zominsuv 58 Isfayramsoy 122 Isfara 107 Katga Oʻradaryo 100 Kichik Oʻradaryo 114 1670 1670 Qulqishloq q.

Kofarnihon 387 11600 9780 Tortki q.

Koʻgartsoy 105 1370 1010 Mixaylovka q.

Koʻksuv (Chatqol irmogʻi) 60 398 372 Burchmulla q.

Maydontol 50 471 475 Kuyilish joyi Norin 578 59900 58400 Uchqoʻrgʻon sh.

Oygaing 72 1100 1100 Quyilish joyi Oqbura 136 2540 2430 Toʻleken q.

Okdaryo (Zarafshon irmogʻi) 154 Ishtixon Oqjarsoy (Anjirimsoy) 51 157 33 Kambarbolo q.

Oqsuv (Qashqadaryo irmogʻi) 104 1280 845 Hazornav Oqtepasoy 77 722 722 Quyilish joyi Ohangaron 233 5260 1290 Turk q.

Piskom 73 2840 2830 Quyilish joyi (Chor Pochchaotasoy (Namangansoy) 130 443 366 Tostu daryosi quyil Sangardakdaryo 106 932 901 Kengoʻzar q.

Sangzor 198 3220 540 Qirq q. (Baxmal) Sirdaryo 2212 21900 Fargʻona vodiysidan Sumsarsoy 86 229 90 Sumsarsoy q.

Surxondaryo 175 13500 9500 Shoʻrchi sh.

Soʻx 124 3510 2840 Sarikanda q.

Tanxozdaryo 93 1910 1910 Nushkent q.

Tentaksoy 126 4130 1300 Chorvoq q.

Toʻpolondaryo 112 3080 3040 Dashnobod d. quyili Toʻsinsoy 76 1100 1100 Egarchi q.

Ugom 68 870 869 Xoʻjakent q.

Xoʻjaipok (Halqajarsoy) 91 765 577 Bozorboy q.

Chirchiq 161 14900 10900 Xoʻjakent q.

Chodaksoy 76 566 350 Julaysoy d. quyili Chortoqsoy 67 715 493 Pishkaran q.

Sheroboddaryo 177 2950 949 Darband q.

Shirinsoy 108 780 444 Uguk q.

Shohimardon 112 1300 1300 Poulgʻon q.

Yakkabogʻdaryo 99 1180 504 Tatar q.

Qashqadaryo 378 12000 511 Varganza q.

Qoradaryo 180 30100 12400 Kampirrabot q.

Qoratogʻdaryo 99 2430 684 Qoratogʻ q.

Qumdaryo (Kalkamasoy) 103 866 354 Chambil q.

Gʻovasoy 96 724 657 Gʻova q.

Gʻuzordaryo 86 3400 3170 Yortepa q.

Daryo, odatda, relyefning choʻziq pastliklarida — vodiylarda oqadi, uning eng past qismi oʻzan, daryo suvi koʻpayganda oʻzandan chiqib bosib ketadigan vodiy tubining oʻzanga tutash qismi esa kayir yoki qayir terrasasi deyiladi. Oʻzanlarda chuqur va sayoz joylari almashinib boradi. Oʻzanning eng chuqur joylari — farvater, oqim tezligi eng katta boʻlgan joylari esa tezoqar joy deyiladi. Daryo yoki Daryo larning ayrim qismlari balandliklari farqining uzunligiga nisbati Daryo nishabligi deyiladi.

Relyefga bogʻliq ravishda togʻ Daryosi va tekislik D. siga boʻlinadi. Togʻ Daryosi nishabi kattaligidan, tor vodiylarda tez (kuchli) oqadi, yuvish jarayoni ham kuchli boʻladi. Oʻrta Osiyo D. lari asosan togʻ Daryo laridir. Tekislik Daryolari keng oʻzanda sokin oqadi, ilonizi yoki meandrlar xos. Tekislik Daryolari oʻzan va qayirlarida qum, gil yotqiziqlar qoldiradi, marza, sayozlik, tirsaklar hosil qiladi (mas, Amudaryo va Sirdaryo oʻrta va quyi oqimida), quyilish joylarida esa deltalar vujudga keladi. Baʼzan Daryodan ajralgan tarmoqlar boshqa Daryo bilan qoʻshilishib ketadi (q. Daryoning ikkiga ayrilishi).

Yer shari yuzasida Daryolar juda note-kiye taqsimlangan. Har bir materikda bosh suvayirgʻichlar — oqim chegaralari bor. Yerning bosh suvayirgʻichi materiklar yuzasini 2 asosiy havzaga: AtlantikaArktika (oqim Atlantika va Shim. Muz okeanlariga boradi) va Tinch okean (oqim Tinch va Hind okeanlariga tushadi) havzalariga boʻlib turadi. Ekvatorial mintaqada Daryolar zich boʻlib, dunyodagi eng yirik Amazonka, Kongo daryolari oqadi; tropik va moʻtadil mintaqalarda, ayniqsa togʻli r-nlarda (Alp, Kavkaz, Qoyali togʻlar va b.), choʻllarda Daryolar qor eriganda yoki jalalarda suv toʻlib oqadi (mas, Qozogʻistonning tekislik qismida).

Daryoda oqim tezligi bir necha sm/sek dan (tekislik Daryo sila) 6—7 m/sek gacha (togʻ Daryosida) oʻzgarib turadi. Suv sathi koʻtarilishi bilan oqim tezligi, odatda, chuqur joylarda koʻpayadi va sayozlikda kamayadi. Daryoda suv t-rasi issiq mavsumda havo t-rasi bilan deyarli bir xil, Daryo muzlagan paytda qariyb 0° boʻladi.

Daryo larda muzlash hodisalari quruklik hududining taxm. 1/4 qismida, asosan Shim. yarim sharda kuzatiladi. Daryolar RFda dastavval Shim.-Sharqiy Sibirda (sent. oxirida), kechroq Yevropa qismining jan.-gʻarbida va Oʻrta Osiyoda (dek. oxiri — yanv. boshida) muzlaydi. Eng kalin muz qoplami Sharqiy Sibir D. larida (muz qalinligi oʻrtacha 1,5—2 m) kuzatiladi va 9—10 oy mobaynida saqlanadi. Togʻ Daryo larida oqim tez boʻlganligidan muz qatlami hosil qilmaydi, koʻpgina Daryo larda qishda shovush oqadi.

Daryoda suv sathining tebranishi suv sarfining oʻzgarishi bilan bogʻliq. Suv sathi va suv sarfi hamda ularning tebranishi — suv rejimining asosiy tavsifidir.

Daryolar — Yerda suv aylanishit muhim vosita. U quruklikda chuchuk suvni taqsimlaydi va Dunyo okeaniga kaytaradi. Daryo larning Dunyo okeaniga jami yillik oqimi qariyb 42 ming km3.

Daryoning toʻyinish manbalari — yogʻin, qor qoplami, baland togʻ qorlari va muzliklar, yer osti suvlari. Toʻyinish xususiyatlariga koʻra, Daryoning asosiy suv rejimi fazalarga: toʻlinsuv davri, vaqtincha suv toʻlib oqishi va kamsuv davriga boʻlinadi.

Togʻ Daryolari alohida suv rejimiga ega. Ularning toʻyinishi va sersuvligi balandlik mintaqalari qonuniyatlariga bogʻliq. Oʻrta Osiyo D. lari asosan togʻlardagi qor va muzliklardan suv oladi. Karst shakllari rivojlangan joylarda. baʼzan yer ostida oqib, yana yuzaga chiqadigan Daryo ham bor.

Daryo eroziya (yemirish) ishlarni bajaradi. Oʻzan va qayirida daryo oqimlari, suv yigʻish maydonida esa yuza suvlari okimi tuproqni yuvadi. Daryo suvining loyqaliligi turlicha. Oʻrta Osiyo Daryolari suvi nisbatan loyka (1 m3 suvda 200— 300 g dan 1—5 kg gacha loyka bor).

Daryo oqimi chuchuk suv resurslarining muhim manbaidir (q. Suv resurslari). D. oqimlari kelib chiqishi va xoʻjalik ahamiyatiga koʻra 2 qismdan: yer osti oqimi va yer yuzasi oqimidan iborat. Yer osti oqimidan yil davomida foydalanish mumkin. Yer yuzasi oqimini suv omborlari yordamida tartibga solib foydalaniladi.

Daryoning flora va faunasi bentos, plankton va nektondan iborat. Daryo tubining tuzilishiga qarab qar xil daryo tubi hayvonlari uchraydi. Daryoning sekin oqadigan qismida yuksak suv oʻsimliklari uchraydi. Suvoʻtlar va toshlar orasida koʻplab mayda jonzotlar yashaydi. Erkin suzadigan planktonlarga yarim mikroskopik va mikroskopik hayvonlar (mayda qisqichbaqasimonlar, kolovratka) va suvoʻtlar (fitoplankton) kiradi. Nektonga oqimga qarshi suza oladigan baliklar mansub. Daryo larning quyi qismi va ularning deltalari baliqqa boy. Daryoda suv omborlari barpo qilish planktonlarning sonini oshirdi. Toʻgʻon va gidrouzellar qurilishi ovlanadigan oʻtkinchi baliqlarning (ayniqsa losossimon va osyotrsimonlar) tabiiy migratsiyasiga toʻsqinlik qiladi va koʻpayishiga xalaqit beradi. Daryo larning sanoat va xoʻjalik oqova suvlari bilan ifloslanishiga yogʻoch chiqindilari, shuningdek, mineral oʻgʻitlar va zaharli kimyoviy moddalarning qoʻshilishi ham salbiy taʼsir kursatadi. Yer sharidagi koʻpchilik Daryoning (ayniqsa Shim. Amerikaning sharqi va Gʻarbiy Yevropadagi) suvi sanoat va xoʻjalik chiqindilari bilan ifloslangan. Suv resurslaridan oqilona foydalanish maqsadida qonuniy, texnikaviy va sanitariya-gigiyena choratadbirlari koʻrilmoqda (q. Tabiatni muhofaza qilish).

Daryo qadimdan aholini ichimlik suvi va sanoatni suv bilan taʼminlash, tabiiy va chana (qishda) yoʻli, muntazam yangilanib turadigan gidroenergiya manbai, botqoq yerlarning suvini qochirishda kollektor vazifasini oʻtab kelgan. Daryo lardan anchagina baliq ovlanadi. Daryo qayirlari oʻtloq, tuprogʻi unumdor boʻlib, koʻpincha poliz ekinlari ekiladi. Daryo vodiylari boʻylab asosiy yer usti transport yoʻllari (t. y. va avtomobil yoʻllari) oʻtadi, Daryo boʻyida juda koʻp shaqar va shaharchalar joylashgan. Daryo suvi suv resurslarining asosiy manbaidir.

Ad.:Shulʼs V. L., Reki Sredney Azii, ch. 1-2, L., 1965; Shuls V. L., Mashrapov R., Oʻrta Oeiyo gidrografiyasi, T., 1969; Baratov P., Mamatqulov M., Rafiqov A., Oʻrta Osiyo tabiiy geografiyasi, T., 2002.

Fazliddin Hikmatov.

Prev Article

DARD TUTISHI

Next Article

DARYO NISHABLIGI