DASTA

DASTAipak qurti pilla oʻrashi uchun soʻkchakka bostiriladigan oʻsimlik va b. materiallardan tayyorlanadigan bogʻlam. Dasta past boʻyli, tikansiz, mayda bargli, sertuk oʻtlar (mingbosh, oqbosh, sariqbosh, shuvoq, qargʻatirnoq va b.) dan tayyorlanadi. Oʻt soyada quritilgach, hovol qilib bogʻlanadi. Dastani poxol, qogʻoz, karton, kanop, sim, kapron va b. materiallardan ham tayyorlash mumkin. Bir quti urugʻdan chiqqan qurtlar uchun oʻt Dastadan 350 yoki poxol Dastadan 150 dona qoʻyiladi.

Prev Article

DASTA

Next Article

DASTAKI MASHINALAR